«turkiy davlatlar tashkiloti» tegli maqolalar


Turkmaniston qardosh mamlakatlarga energoresurslar yetkazib berishga tayyor — Gurbanguli Berdimuhamedov
18 mart 2024, 16:50

Turkmaniston qardosh mamlakatlarga energoresurslar yetkazib berishga tayyor — Gurbanguli Berdimuhamedov

Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov energiya resurslarining eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri sifatida Turkmaniston ularni qardosh mamlakatlarga yetkazib berishga va yetkazib berish hajmini oshirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

“Turkiy xalqlarning ovozi dunyo bo‘ylab yanada baland, yanada kuchliroq yangramoqda” — Shavkat Mirziyoyev
3 noyabr 2023, 16:29

“Turkiy xalqlarning ovozi dunyo bo‘ylab yanada baland, yanada kuchliroq yangramoqda” — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti TDT sammitida so‘zlagan nutqida Turkiy dunyo xartiyasini ishlab chiqish, Turkiy taraqqiyot bankini tashkil etish bo‘yicha ishlarni faollashtirish, ishtirokchi davlatlarning temir yo‘l idoralari kengashi va Turkiy ekologiya forumini tuzishni taklif qildi.

“Bizga qo‘shnilari bilan iqtisodiy hamkorlikda faol ishtirok etadigan, tinch va barqaror Afg‘oniston kerak” — Shavkat Mirziyoyev
3 noyabr 2023, 15:18

“Bizga qo‘shnilari bilan iqtisodiy hamkorlikda faol ishtirok etadigan, tinch va barqaror Afg‘oniston kerak” — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti a’zolarini afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatishni susaytirmaslikka, u yerdagi ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan mexanizmlarni ishlab chiqishga chaqirdi. “Bizga qo‘shnilari bilan iqtisodiy hamkorlikida faol ishtirok etadigan Afg‘oniston kerak”, — dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi
2 noyabr 2023, 09:11

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident 2−3-noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.

O‘zbekiston Turkiyaning Hatay viloyatida uy-joy, maktab va infratuzilma obyektlari qurib beradi — prezident
16 mart 2023, 17:46

O‘zbekiston Turkiyaning Hatay viloyatida uy-joy, maktab va infratuzilma obyektlari qurib beradi — prezident

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammitida tashkilotning tizimli hamkorlik platformasi, shuningdek, Tabiiy ofatlar monitoringi markazini yaratishni taklif qildi. O‘zbekiston Hatay viloyatining Ovakent tumanini qayta tiklashga ham yordamlashadi.

TDT sammiti yakunlari bo‘yicha 10 dan ortiq hujjat qabul qilindi
11 noyabr 2022, 21:07

TDT sammiti yakunlari bo‘yicha 10 dan ortiq hujjat qabul qilindi

Samarqandda bo‘lib o‘tgan TDT sammitida a’zo davlatlar o‘rtasida Savdoni yengillashtirish strategiyasi tasdiqlandi va Soddalashtirilgan bojxona koridorlari tizimini shakllantirish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Shuningdek, Turkiy investitsiya fondini qisqa muddatlarda tashkil etishga qaror qilindi.

TDT sammitida Shimoliy Kipr bo‘yicha alohida qaror imzolanmadi — Vladimir Norov
11 noyabr 2022, 17:13

TDT sammitida Shimoliy Kipr bo‘yicha alohida qaror imzolanmadi — Vladimir Norov

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an TDT Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqida Shimoliy Kipr tashkilotga kuzatuvchi sifatida a’zo bo‘lgani haqida gapirdi. O‘zbekiston TIV rahbari Shimoliy Kiprni mustaqil davlat sifatida tan olish haqida gap bo‘lish mumkin emasligini ta’kidladi.

Kun fotosi: TDTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar yetakchilari Registonda daraxt ekishdi
11 noyabr 2022, 14:04

Kun fotosi: TDTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar yetakchilari Registonda daraxt ekishdi

Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining asosiy tadbiridan so‘ng, O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Vengriya va Turkmaniston yetakchilari Registon maydonida daraxt ekishdi. Shu kunning o‘zida O‘zbekistonda 2,5 mln tup, qolaversa, Ozarbayjonda 111 ming tup daraxt ekish ko‘zda tutilgan.

Erdog‘an va Berdimuhamedov «Turkiy dunyoning oliy ordeni» bilan mukofotlandi
11 noyabr 2022, 12:45

Erdog‘an va Berdimuhamedov «Turkiy dunyoning oliy ordeni» bilan mukofotlandi

Mukofotlarni topshirarkan, Shavkat Mirziyoyev Erdog‘anning «turkiy davlatlar mustaqilligini mustahkamlashdagi jonbozligi»ni, Berdimuhamedovning «yosh avlod tarbiyasiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsayotgan ma’rifiy asarlari»ni qayd etib o‘tdi. Marhum adib Chingiz Aytmatov Alisher Navoiy mukofoti bilan taqdirlandi.

Turkiy davlatlar tashkilotining Raqamlashtirish markazi tashkil etilishi mumkin
11 noyabr 2022, 12:08

Turkiy davlatlar tashkilotining Raqamlashtirish markazi tashkil etilishi mumkin

TDT sammitida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev tashkilotning Raqamlashtirish markazini tashkil etish taklifini ilgari surdi. Tuzilma savdo, transport, suv resurslaridan foydalanish, axborot xavfsizligi va boshqa tarmoqlar uchun zarur raqamli yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi.

Mirziyoyev: «Jahondagi ziddiyatli voqealar turkiy dunyoning umumiy xavfsizligiga ham ta’sir o‘tkazayapti»
11 noyabr 2022, 12:00

Mirziyoyev: «Jahondagi ziddiyatli voqealar turkiy dunyoning umumiy xavfsizligiga ham ta’sir o‘tkazayapti»

O‘zbekiston prezidenti TDT sammitida «so‘nggi paytlarda jahonning turli nuqtalaridagi ziddiyatli voqealar turkiy dunyoning umumiy xavfsizligiga ham ta’sir o‘tkazayapti», deya ta’kidladi. Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston masalasi hech qachon nazardan chetda qolmasligi ham muhimligini eslatib o‘tdi.

2023-yil — Turkiy sivilizatsiyaning yuksalish yili bo‘ladi
11 noyabr 2022, 11:14

2023-yil — Turkiy sivilizatsiyaning yuksalish yili bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti ishtirokchilariga O‘zbekistonning 2023-yilni Turkiy sivilizatsiyaning yuksalish yili, deb e’lon qilish taklifini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi. “Men ishonaman, Turkiy dunyoni buyuk kelajak kutmoqda”, — dedi u.

«Yangi dunyo tartibi uchun kurash mamlakatlarimiz xavfsizligi va rivojlanishiga tahdid soladi» — Vladimir Norov
10 noyabr 2022, 20:38

«Yangi dunyo tartibi uchun kurash mamlakatlarimiz xavfsizligi va rivojlanishiga tahdid soladi» — Vladimir Norov

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Turkiy davlatlar tashkilotini suverenitet, hududiy yaxlitlik va xavfsizlikka tahdidlarni yengish uchun birgalikdagi imkoniyatlarni oshirishga chaqirdi.

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga bordi
9 noyabr 2022, 14:52

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga bordi

Shavkat Mirziyoyev 10−11 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga bordi. Davlat rahbari tadbir oldidan Imom Buxoriy maqbarasi va Islom Karimov qabrini ziyorat qildi.

Samarqand shahriga kirish yo‘llari 10−11 noyabr kunlari yopiladi
4 noyabr 2022, 11:16

Samarqand shahriga kirish yo‘llari 10−11 noyabr kunlari yopiladi

Samarqand shahrida 10−11 noyabr o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti munosabati bilan shaharga kirish yo‘llari yopiladi. Bundan tashqari, ushbu kunlarda Samarqand shahrining ayrim ko‘chalarida harakat vaqtinchalik cheklanadi.

Samarqand aeroporti sammit munosabati bilan yana yopiladi
2 noyabr 2022, 08:05

Samarqand aeroporti sammit munosabati bilan yana yopiladi

Samarqand aeroporti to‘rt kun — 8−11 noyabr kunlari yopiladi. Bu kunlarda shahar Turkiy davlatlar tashkilotining sammitiga mezbonlik qiladi.

11 noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi
3 oktabr 2022, 15:21

11 noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi

Turkiy kengash o‘rniga qayta tashkil etilgan Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti 11 noyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Turkiy davlatlar tashkilotining bo‘lajak sammitini muhokama qildi
15 sentabr 2022, 18:09

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Turkiy davlatlar tashkilotining bo‘lajak sammitini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev SHHTda mehmon sifatida ishtirok etish uchun kelgan Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Uchrashuvda, jumladan, Samarqandda o‘tadigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti kun tartibi kelishib olindi.

Buxoro shahri — «Turkiy dunyoning yoshlar poytaxti» deb e’lon qilindi
6 iyun 2022, 10:57

Buxoro shahri — «Turkiy dunyoning yoshlar poytaxti» deb e’lon qilindi

Buxoroda o‘tkazilgan Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumi doirasida Buxoro shahri 2022 yilda — «Turkiy dunyoning yoshlar poytaxti» deb e’lon qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting